Pravoslavie

Pravoslavie (rus.) — xri- stianlikdagi 3 asosiy oqimdan biri (katolisizm va protestantizm b-n bir qatorda). Rim imperiyasi G’arbiy va Sharqiy qismlarga ajralgach (395 y.), paydo buldi. P. ilohiyoti asoslari 9— 11-a.larda Vizantiyada shakllangan. Xri- stian cherkovi katolik va pravoslavie cherkoviga bulingandan keyin 1054 y. mustaqil cherkov sifatida uzil-kesil qaror topgan. Bu bo’linishga g’ar-biy Cher- kovning papani barcha xristi-anlarning oliy boshlig’i deb hisoblashi, muqaddas ruhning ota-Xudo va o’g’il-Xudodan kelib chiqqanligi haqidagi ta’limoti sabab bo’ldi. P. ta’limotiga «muqaddas uchlik» — Xudoning ayni bir vaqtda ham yagona, ham uch xil ko’rinish (ota-Xudo, o’g’il-Xudo va muqaddas ruh)da namoyon bo’lishiga e’ti-Qod qilish; insonni tug’ma gunohkor deb bilish; Isoning inson qiyofasiga ki-rib, uz ummatlarini gunoxdan xalos etish uchun o’zini qurbon qilganini tan olish; oxiratga va unda qayta tirilishga ishonish va b. kiradi. P. bir necha Avto- kefal (mustaqil) cherkovlardan tashkil topgan. E’tiqod asosini Bibliya va Mu- kaddas rivoyatlar (birinchi 7 ta ja-hon sobori qarorlari va 2-8-a.lardagi Cher- kov otalarining asarlari) tashkil kila- Di. P. MDH mamlakatlarining ba’zila- rida, Gresiya, Ruminiya, Bolgariya, Ser- biya, Kiprda, kichik jamoalari Su-riya, Livan, Isroil, MAP va b. mamla-katlar- da tarqalgan. Pravoslavlarning umumiy soni 250 mln.ga yaqin.