Predmet, narsa

Predmet, narsa— inson faoliyati va bilishi jarayonida ob’yektiv borliqdan alohida ajratib olingan butun bir narsa. U moddiy (organizm, galaktika, elektromagnit maydoni va hokazolar) va ideal (matematik formula, kontseptual obraz) bo’lishi mumkin. Gap bu yerda biror fanning tekshirish ob’yekti ustida borishi nazarda tutiladi. Masalan, falsafaning Predmeti, fizikaning Predmeti va hokazolar. Mantiqda fikrimiz nimaga qaratilgan bo’lsa, u ham Predmet deyiladi; shu ma’noda muhokama, tushuncha, xulosani ham Predmet deb hisoblash mumkin. Predmet atamasi jonli muloqotda narsa, jism, ob’yekt ma’nosida ham ishlatiladi.