PRESKOTT (RGEZSOI) EDVARD

PRESKOTT (RGEZSOI) EDVARD (1940 AQSh, Nyu-York) — amerikalik iqtisodchi. 1967 yil Karnegi-Mellon universitetida doktorlik ilmiy darajasini oldi. Pensilvaniya (1967-1971), Karnegi-Msllon (1971 — 1980), Minnesota (1980-2003) universitetlarida ishladi. 2003 yildan boshlab Arizona davlat universitetida professor va Minneapolis (Minnesota shtati) Federal rezerv bankining tadqiqotchisi. Ilmiy ishlari dinamik Makroiqtisodiyot, iqtisodiy siyosat va tsiklli tebranishlar, iqtisodiy siyosat stragegiyasida qisqa hamda uzoq muddatli maqsadlar muammolariga bag’ishlangan. Nobel mukofoti laureati (2004; F.Kidland bilan birga).