Presli (Presley) Aaron Elvis

Presli (Presley) Aaron Elvis (1935.8.1, Tupelo, Missisipi shtati — 1977.17.8, Memfis) — Amerika xonan- dasi va kinoaktyor. Rok musiqa asoschila- ridan. Gospelz (diniy qo’shiqlar), blyuz, kantri kabi Amerika ommabop musiqa janrlari negizida o’ziga xos, jo’shqin va ehtirosli ijro uslubini yaratgan, «rok- nroll qiroli» unvoniga sazovor bo’lgan. Bolalikdan cherkov xoriga qatnashgan. 1954 y.dan ovoz yozish studiyalari va te- leshoularga katnashib, tez orada butun Amerikada tanilgan, keyinchalik jahon ommabop musiqa «yulduz»iga aylan- gan: 1956 y.da grammplastinkaga yozil- gan «Heartbreak Hotel» qo’shig’i tarixda ilk bor bir million nusxada sotilgan (P.ning grammplas-tinkalaridan jami 140 tasi shu ti-rajda tarqalgan). Qo’shiq ijrosida bi-rinchi bo’lib grim, ochiq rangli ki-yimlar, turli chiroq effekt- laridan foydalangan, o’ziga xos sahna imijini yaratgan. Kinoaktyor sifatida 30 dan ortiq filmda qatnashgan. AK- Shning «Gremmi» mukofotiga bir necha bor sazovor bo’lgan.