Press

Press (lot. rgesso — bosaman, eza- man) — materiallarga bosim b-n zarbsiz (statik) ishlov berish uchun mo’ljallangan mashina. Temirchilik-shtamlash i.ch.ning asosiy vositasi. Dastaki vintli P. 15— 16-a.larda hunurmandchilik ishlari (moy ajratish, uzum ezish va b.)da ishlatilgan. Keyinchalik (17-18-a.larda) metall ish- lashda, Xu-Susan, tanga pul zarb qilishda, so’ngra temirchilik-shtamplash ishlarida keng tarkaldi. P.ning gidravlik, mexanik va gidro- mexanik xillari bor. Ular krivoshipli yoki ekstsentrikli, vintli, tirsakli, Rey- kali va richagli; vertikal va gorizontal xillarga bo’linadi. Pokovkalarni shtam- plashda avtomatlashtirilgan P.dan foy- dalaniladi. P. sanoatning turli tarmoklarida metall, plastmassalar, rezina, q.x. va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish- da jismlarning shaklini o’zgartirish (bolg’alashshtamplash), bo’lak-bo’lak yoki kukunsimon materiallarni birikti- rish (briketpash), yumshoq moddalarning haj-mini kichraytirish (paketlash), de- tallarni biriktirish (q. Payvandlash), turli agregat xrlatdagi jismlarni bir- biridan ajratish, me-tallarning mexa- nik xossalarini si-nash va b. ishlarda qo’llaniladi. Bundan tashqari, P.larda tikuvchilik mahsulotlari dazmollanadi, faneraga turli shakl beriladi, yig’ish operasiyalari bajariladi, metallar mexanik sinovdan o’tkaziladi. Hajmiy shtamplash uchun mo’ljallangan yirik P.larning eng yuqori bosim kuchi — 750 Mn gacha, list metarial uchun — 1500 Mn.