PREZIDENTLIK RESPUBLIKASI

PREZIDENTLIK RESPUBLIKASI — bunda davlatni xalq tomonidan saylanadigan, juda keng vakolatlarga ega bo’lgan prezident boshqaradi. U davlatning ham, hukumatning ham boshlig’idir. Masalan, AQSH, Meksika va h.k. odatda prezident ayni vaqtda hukumat boshlig’i vazifasini ham bajaradi. Qonun chiqaruvchi organ parlament — alohida saylovlar natijasida, prezident — alohida saylovlar natijasida shakllanib, bir — birlaridan mustaqildirlar. Tarixan boshqaruvning bu shakli AQSH Konstitutsiyasi asosida 1787-yilda kiritilgan. O’zbekiston davlat tuzumi – Respublika. Davlat boshlig’i – Prezident.