Primitiv

Primitiv (lotincha primitivus — birinchi, eng dastlabki)— san’at taraqqiyotining ilk davrida yaratilgan asar. “Primitiv” tushunchasi 18-19-asrlar estetika va san’atshunosligida san’at taraqqiyotining «go’daklik» va «yetuklik» bosqichlarini qarama-qarshi qo’yilishidan yuzaga kelgan. Primitiv (ayniqsa, 18-asrdan) hukmron uslub asarlari bilan qiyoslanganda obraz tuzilishining yaxlitligi va soda ko’rinishining yaqqol ko’zga tashlanishi bilan o’ziga jalb qilishi mumkin. Zamonaviy san’atshunoslikda Primitiv baholash ma’nosini butunlay yo’qotgan, so’nggi o’rta asarlar san’ati, ibtidoiy tuzum xususiyatlarini saqlagan xalqlar san’ati, muntazam badiiy ta’lim olmagan ustalar ijodiga, shuningdek, o’ta shartli ravishda primitivizm vakillari asarlariga nisbatan ishlatiladi.