Pristan

Pristan — Qoraqalpog’iston Respublikasidagi shahar (1958 yildan). Nukus shahar Kengashiga qarashli. 1958 yil 16 aprelda asos solingan. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Nukus (8 kilometr). Amudaryoda transportning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Aholisi 15,7 ming kishi (2002). Temir-beton va duradgorlik buyumlari ishlab chiqariladi. Araq- vino zavodi, umumiy ta’lim maktablari, klub, madaniyat uylari, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor.