Progressiv falaj

Progressiv falaj — Markaziy nerv sistemasining zaxmdan zararlanishi oqibatida kelib chiqadigan ruhiy kasallik. Kam uchraydi. Zaxm bilan kasallangandan 5-15 yil keyin paydo bo’ladi. Belgilari: ruhiyatning aynishi, bu asta- sekin avj olib, telbalikkacha olib boradi. Nevrasteniya, ayaahlash, «manmanlik» alomatlari kuzatiladi. Qo’zg’alish va tormozlanish faoliyati izdan chiqadi. Asosan, antibiotiklar va zaxmga qarshi vositalar bilan davolaniladi.