Proliferatsiya

Proliferatsiya (lotincha proles — avlod, nasl va facio — bajaraman) — 1) odam va hayvonlarda yangi hujayralar paydo bo’lishi va ko’payishi natijasida to’qimalarning o’sib ketishi; 2) o’simliklarda — o’sishdan va rivojlanishdan to’xtagan birorta organdan boshqa bir organning rivojlanishi. Masalan, barg chiqargan novdadagi guldan yangi gul yoki to’pgul rivojlanishi (atirgul, ananas, kulupnay va boshqalarda). Bu jarayon prolifikatsiya deb ham ataladi.