Prolyuviy

Prolyuviy (lot. proluo — yuvaman, oqim b-n chiqaraman) — tog’jinslari- ning yog’ingarchilik ta’sirida yuvilishi- dan hosil bo’lgan g’ovak jinslar. P. tog’ etaklaridagi tekislikka oqim ta’siri- da kelib, devorga o’xshash turli to’siqlar holida cho’kib joylashadi. P. turli katta- likdagi chaqiqjins parchalaridan iborat bo’lgan, oralari Tse-mentlovchi material sifatida qum va loy b-n to’lgan holda fanglomerat yoki juda kichik zarrachalar- dan iborat bo’lgan lyoss cho’kindilarini hosil qiladi. «P.»terminini A. P. PAV- lov (1914 y.) kiritgan. P. O’rta Osiyoning tog’yon bag’irlarida hamda arid zonalar- da, jumladan, mavsumiy suv oqimlari bo’ladigan joylarda ko’p uchraydi. P.lar b-n ko’pincha sochma konlarning ba’zi turlari, noruda qurilish Mate-riallari konlari bog’liq bo’ladi.