PROSKORYAKOV YEVGENIY IVANOVICH

PROSKORYAKOV YEVGENIY IVANOVICH (1895, Saratov — 1965, Samarqand) — biolog olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1957), biologiya fanlari Doktori (1953), professor (1954), Saratov qishloq xo’jalik institutini tugatgan (1920). Saratov viloyatidagi qishloq xo’jalik stantsiyasida laborant (1921-25), Voronej qishloq xo’jalik institugi botanika kafedrasida assistant (1925-30), dotsent (1930), Belorussiya Fanlar Akademiyasi Markaziy botanika bog’ida gerbariy bo’limi mudiri (1934-37), O’zbekiston davlat universiteti botanika kafedrasi professor, mudiri (1937-39; 1942 yildan). Ulyanovsk pedagogika instituti professor va direktor o’rinbosari (1939-42). Ilmiy faoliyati bug’doydoshlar va hiloldoshlar oilalari, Zarafshon vohasi florasi resurslarini o’rganish va undan oqilona foydalanishga bag’ishlangan. As: bir yillik efemerlarning kelib chiqishi, Samarqand, 1950.