PROTOKOL
PROTOKOL (fr. protocole, grek. protokollo – manuskript o’ramiga kleylab yopishtirib qo’yilgan birinchi varaq) — 1) yig’ilishda, majlisda, so’roq vaqtida va h.k. bo’lib o’tgan gaplar yozilgan hujjat. 2) biror fakt, hodisa to’g’risida guvohlik beruvchi hujjat. 3) Biror maxsus masala bo’yicha davlatlar o’rtasidagi yozma bitim. 4) Diplomatik Protokol – turli diplomatik aktlarni amalga oshirish tartibini va turli mamlakatlar diplomatlari o’rtasidagi va rahbar davlat arboblari o’rtasidagi munosabatlarning tashqi shakllarini tartibga solib turuvchi qoidalar yig’indisi.