Prustit

Prustit (frantsuz kimyogari J. L. Prust nomidan), och qizil kumush Rudasi — mineral, kimyoviy tarkibi Ag3AsS3. Trigonal singoniyali. Donador agregatlar, kristallar va yaxlit massalar holida uchraydi. Rangi och kizil, olmosdek yaltiroq. Qattiqligi 2-2,5; zichligi 5570-5670 kg/m3. Mo’rt, elektr o’tkazmaydi. Asosan, qo’rg’oshin- ruxkumush rudali gidrotermal konlarda hosil bo’ladi. Rossiya (Oltoy, Uzoq Sharq), Qozog’iston, O’rta Osiyo, Germaniya, Kanada, Boliviya va boshqa joylarda uchraydi.