Psefitlar

Psefitlar (Yunoncha psephos — mayda tosh, shag’al tosh) — yirik bo’lakli tsementlashgan cho’kindi jinslar. Tub jinslarning mexanik parchalanishi va parchalangan mahsulotlarning Daryo void ylari va suv havzalari sohillarida to’planishidan hosil bo’ladi. Bo’laklar o’lchami 1 millimetrdan katta. Kelib chiqishi bo’yicha cho’kindi, vulkanogen-cho’kindi, vulkanogen va tektonik turlarga bo’linadi. Bo’laklarning o’lchami va dumaloqlanish darajasi bo’yicha xarsangtosh, g’o’latosh va shag’allarga ajratiladi. Tsementlashgan turlari psefitolit (konglomerat, brekchiya, gravelit)lar deyiladi.