Psixogeniyalar

Psixogeniyalar (psixo… va gen) — ruhiy iztirob beruvchi omil- lar oqiba-tida kelib chiqadigan psixik kasalliklar guruhi. P. nevrozlar va reaktiv psi-xozlarga bo’linadi. Ruhiy iztirob beruvchi omillarning kuchi- ga va davomliligiga qarab har kanday kishilarda ham P. uchrashi mumkin, Le- kin ularning kelib chiqishiga, albat- ta, qo’shimcha omillar: ruhiy holatlar, jumladan, aql-idrok darajasi, isho- nuvchanlik, hissiyotlar xususiyati va b. kasalliklar oqibati (miyaning shikast- lanishi, ichki a’zolar xastaliklari, alkogolizm) ham sabab bo’ladi. Kuchli dara-jadagi ta’sirotlar oqibatida re- aktiv psixozlar kelib chiqadi. Reaktiv psi-xozlarning 3 ta asosiy mohiyati bor: 1) reaktiv psixozlar hamma vaqt ru-hiy iztiroblar oqibatida kelib chiqadi; 2) bemorlar kechinmalarida esa mana shu ruhiy iztiroblar aks etadi; 3) ruhiy iz- tiroblar yo’qolishi b-n ruhiy xastalik ham barham topadi. O’z navbatida, bemorlarning shax- siy-konstitusional mohiyatlariga qarab asosan 3 xil nevrozlar qayd qilina-Di: nevrasteniya, isteriya va miyadan ketmay- digan holatlar nevrozi. P.ga mubtalo bo’lgan bemorlar iztirob beruvchi omil- lar bartaraf qilingandan keyin tezda va butunlay tuzalib ketishi mumkin. Bi- rok, uzok, davom etgan iztirobli ruhiy kechinmalar kishi shaxsining o’zgarib ketishiga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.