Psixrometr
Psixrometr(yunoncha psixros-sovuq, metreo-o`lchayman) — havo namligini o`lchashda ishlatiladigan asbob. Ikki termometrdan iborat — biri quruq, ikkinchisining uchiga latta o`ralib, suvli idishga tiqib qo`yilgan. Hul termometr haroati quruq termometr haroratiga nisbatan pastroq bo`ladi. Ana shu ikki termometr ko`rsatgan harorat farqiga qarab maxsus jadvallar yordamida havo namligi aniqlanadi.