PUL
PUL — hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent bo’Igan maxsus tovar, bozor iqtisodiyotining asosiy vositasi. Pul bozor yuzaga kelishi va rivojlanishining mahsulidir. Pul kelib chiqish tarixi va tabiatiga ko’ra 3 xil xususiyatga ega: a) hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim xarid vositasi; b) boylik timsoli; c) mehnatni qiymat shaklida o’lchab boradigan vosita.