PUL-KREDIT SIYOSATI

PUL-KREDIT SIYOSATI — to’la bandlik sharoitida jami mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning tasirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o’zgartirish tushuniladi. Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini amalga oshiradi. Deyarli hamma mamlakatlarda muomaladagi pul miqdorini tartibga solishda quyidagi vositalardan foydalaniladi: a) ochiq bozorda operatsiyalar; b) hisob-kitob stavkasi siyosati; v) bank majburiy zaxiralarining me’yorini o’zgartirish siyosati.