PUL MUOMALASINING BARQARORLIGI

PUL MUOMALASINING BARQARORLIGI — pulning xarid quvvati pasaymagan holda uzluksiz harakatda bo’lishi. Pul muomalasining barqarorligini ta’minlash (avvalo, bozorga yetarli miqdorda va sifatli tovarlar chiqarilishi) kerak. Tovarlar taqchilligi mavjud bo’lgan sharoitda pul muomalasi barqarorligiga erishib bo’lmaydi, tovarlar qimmatlashib, pul qadrsizlanib boradi.