Pushtirang chirish
Pushtirang chirish, g’o’za ko’saklarining pushtirang chiri- shi — Tricho-thecium roseum Link. zamburug’lari qo’zg’atadigan kasallik. Eng ko’p tarqalgan kasalliklardan biri. Ko’sak etilishining turli davrlari- da uchraydi. Chanoqlarda sarg’ish pushti rangdagi g’uborli dog’lar hosil bo’lib, ba’zan ko’saklarni batamom qoplab ola- Di. Ko’saklar butunlay ochilmay-Di yoki kechroq kasallanganda ularning uch tomo- ni yoriladi. Zamburug’ko’sak ichiga ham kirib, tolani chiritadi va kukunsimon mod-daga aylantiradi. P.ch. b-n kasallan- gan ko’saklar qurigandan so’ng to’kiladi. P. ch. ning ko’plab rivojlanishiga or- tiqcha sug’orish natijasida vujudga ke — ladigan namlik sabab bo’ladi. Sovuq tu- shishi b-n ko’k ko’saklarda P.ch. rivojlana boshlaydi. Kurash choralari: g’o’zaga ishlov be- rishning agrotexnika qoidalariga rioya qilish; ularning yotib qolishiga yo’l qo’ymaslik.