Putin Vladimir Vladimirovich

Putin Vladimir Vladimirovich (1952.7.10, hoz. Sankt-Peterburg sh.) — Rossiya davlat arbobi. Rossiya Fe- Dera-tsiyasining ikkinchi prezidenti. Sankt-Peterburg un-tining yuridik f-tini tugatgan (1975). O’qishni tugat- gach, Davlat xavfsizlik organlariga ishga yuborilgan. Germaniya Demokratik Respublikasida ishlagan (1985-90). 1990 y.dan Sankt-Peterburg un-ti rek- torining yordamchisi, Sankt-Peterburg sh. kengashi raisi maslahatchisi. Sankt- Peterburg sh. meriyasida tashqi aloqalar bo’yicha qo’mita raisi (1991-94), ayni paytda Sankt-Peterburg hukumati ra- isining birinchi o’rinbosari (1994— 96), RF Prezidenti ish boshqaruvchisi o’rinbosari (1996-97), RF Prezidenti ma’muriyati rahbari o’rinbosari — Ros- siya Federasiyasi Prezidenti Bosh nazo- rat boshqarmasi boshlig’i (1997-98), RF Prezidenti ma’muriyati rahbarining birinchi o’rinbosari (1998 y. may — iyul), RF Federal xavfsizlik xizmati direktori (1998 y. iyul — 1999 y. avg.), ayni vaqtda Rossiya Federasiyasi xavf- sizlik Kengashi kotibi (1999 y. mart — avg.). Rossiya Federasiyasi hukumat raisi (1999 y. avg. — 2000 y. may), ayni paytda 1999 y. 31 dek.dan RF Prezidenti vazi- fasini bajaruvchi. 2000 y. 26 martdan Rossiya Federasiyasi Prezidenti (2004 y. 14 martda ikkinchi muddatga RF Pre- zidenti etib saylandi). Amaliy tashrif b-n O’zbekistonda bo’lgan (2000, 2003).