PYORSELL (Purcell) Genri

PYORSELL (Purcell) Genri( taxm. 1659 — London — 1695.21.11) — ingliz kompozitori va organchi. Milliy kom- pozitorlik maktabi namoyandasi, mil- liy opera asoschisi («Didona va Eney», 1689). Uyg’onish davri imitasiyali hamda yordamchi ovozli polifoniya vositalari b-n rang-barang garmoniya hamda gomo- Foniya unsurlarini o’ziga xos tarzda cha- tishtirib, yaxlit uslub yaratgan. Kuylar xalkchilligi va nafisligi, ingliz og’zaki nutqi intonasiyalarini mahorat b-n qayta ishlaganligi b-n ajralib turadi. Qo’shiqlar, xor va musikali teatr asar- lari, kamer-cholg’u asar (triosonata, fan- taziya, pesa)lar va b. muallifi. Angli- yada bi-rinchi bo’lib Sharq mavzulariga muro-jat etgan: «hindlar qirolichasi» ope-rasi (1695), «Abdulazir, yohud Mavr qasdi» pesasiga musiqasi (1695) va b. 1876 y.dan Angliyada P. jamiyati faoliyat ko’rsatmoqda.