Qalqonli kanalar, oribatidalar
Qalqonli kanalar, oribatidalar — o’rgimchaksimonlarning kenja turkumi. Tuprokda yashovchi bo’g’imoyoklilarning turlari juda ko’p. Kattaligi 0,2—1 millimetr. Rivojlanishi (30-75 kun) biologik va morfologik jihatdan farqlanuvchi 2 bosqichga bo’linadi: lichinkalik va nimfa (bunda tana qoplagichi yumshoq, teri orqali nafas oladi, yerning yuza qatlamida yashaydi) hamda voyaga yetgan davri (qalqonli traxeya bilan nafas oladi va yer ustida, to’shamalarda hayot kechiradi). Qalqonli kanalar ba’zi lentasimon chuvalchanglar va chorva mollari gel’mintozlari qo’zg’atuvchisining oraliq xo’jayini. Qalqonli kanalar yutgan gijja tuxumi uning ichida rivojlanadi (70-100 kun) va kana o’lgunga qadar yoki o’simliklar bilan hayvon organizmiga tushguncha Kanada saqlanadi. Kurash choralari: chorva mollari gelmintsizlantiriladi va Qalqonli kanalar yo’q yaylovlar tanlanadi.