Qalqonlilar

Qalqonlilar — chala tishlilar oilasi. Uzunligi 12 santimetrdan 100 santimetrgacha, dumi 2,5 santimetrdan 50 santimetrgacha, vazni 0,3 kilogrammdan 55 kilogrammgacha. Tanasining orqa qismi suyak qalqon, uning sirti muguzdan iborat qalqon bilan qoplangan. Oldingi oyoq panjalarida 4 ta, orqa oyoq panjalarida 5 ta o’tkir tirnoqli barmoqlari bor. Tishlari bir xilda tuzilgan, 28 tadan 100 tagacha; ularning soni hatto bir turning turli individlarida bir xilda bo’lmaydi. 9 uruqqa mansub 20-25 turi mavjud. AQShning Janubidan Chili va Argentinagacha bo’lgan hududlarda tarqalgan. Asosan, yalangliklarda yashaydi. Xavf tug’ilganida ayrim Qalqonlilar tanasi o’ralib, sharga o’xshash bo’lib qoladi. Mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. 2 tadan 12 tagacha bola tug’adi. Go’shti va qalqoni uchun ovlanadi; laboratoriya ob’yekti sifatida foydalaniladi. Ko’pchilik turlarining soni kamayib ketgan. Bir necha turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi qizil kitobiga kiritilgan.