Qambar
Qambar — Qorako’l teri turi (guruhi). Rangi och kulrang, o’rta va to’q malla. Ular orasida malla (shuturi — tuyarang) tusi qimmatli hisoblanadi. Gullari yirik, jun qoplami siyrak va dag’alroq. Qambar terilar guruhi gullari- ning shakli, kengligi, uzunligiga, teri- ning yupqaqalinligiga ko’ra qalamgul, qovurg’asimon, yassigul, o’siqgul kabi navlarga bo’linadi.