Qandak

Qandak — xalq selektsiyasida chiqarilgan mahalliy ertapishar o’rik navi. Farg’ona vodiysi, Buxoro va Samarqand viloyatlarida keng tarqalgan. Bir qancha klonlari bor. Daraxti o’rtacha kattalikda, shoxshabbasi quyuq, balandligi 7 metrgacha. Shoxlari ingichka, kurtak va gullari mayda. Mart oxirlarida gullab, iyunning 2-yarmida pishadi. Mevalari mayda (20-25 gramm), dumaloq, po’sti qalin, Tuklari bor, eti to’q sariq, o’rtacha tig’izlikda, shirin (qand miqdori 14—] 7%, quruq modda 26-28%, nordonligi past — 0,4—0,6%), danagidan oson ajraladi, danagi mayda. Sovuqqa va kasalliklarga chidamsiz. Ekilganidan keyin 5-7 yili hosilga kiradi. Asosan, qoqi solinadi, kompot, murabbo qilinadi.