Qarag’aydoshlar

Qarag’aydoshlar — ochiq urug’lilar tipiga mansub oila. Ignabargli daraxt va butalardan tashkil topgan. Qarag’aydoshlarning urug’chi qubbalari kichik qoplovchi va katta tangacha barglardan iborat. Qubba yetilgach, yog’ochlanadi. U butunligicha yoki bo’linib to’kiladi. Ko’pchilik turlari changida ikkita havo pufakchalari bor. Urug’lari qanotli, urug’ kurtaklari esa teskari. Urug’chi va changchi qubbalari doimo bir o’simlikning o’zida joylashadi. 2000 dan ortiq turni o’z ichiga olgan 9 turkumi bor. Ko’pchilik turlari shimoliy yarim sharning o’rta mintaqasida tayga o’rmonlarini hosil qiladi. O’zbekistonda qarag’ay, qora qarag’ay, tilog’och, pixta va kedr kabi turkumlarning bir necha turlari uchraydi. Toshkent va boshqalar shahar ko’chalarida ayrim dekorativ turlari o’simlik sifatida o’stiriladi.