Qariqiz
Qariqiz — murakkabguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik begona o’glar turkumi. Yevrosiyoning mo’tadil ikdimli mintaqalarida 10 turi ma’lum. O’zbekistonda uchraydigan bir yillik yalang’och urug’li Qariqiz turi (A.1eyu$regtshp ]xxg E1. 8eg§.)ning poyasi tik, olabula qirrali, xira qizg’ish, serbarg. Bo’yi 60-150 santimetr, barglari yirik, bandli, usti yashil, osti kulrang momiq tukli. Ildiz oldi barglarining bo’yi 50 santimetrgacha, yuraksimon. O’rama barglari uchi bigizsimon. Gullari to’q qizil naysimon, ikki jinsli, savatcha to’pgul hosil qiladi. Q.larning yosh ildizlarida uchraydigan inulin moddasi (oshlovchi modda hamda efir moyi ham mavjud) xalq tabobatida terlatuvchi, siydik haydovchi vosita. Chorvachilikda yem-xashak sifatida ishlatiladi. Tashlandiq (zax va soya) yerlarda, yo’l yoqalarida o’sadi.