QARZLI MOLIYALASHTIRISH
QARZLI MOLIYALASHTIRISH — davlat tomonidan olinayotgan qarzlar — bu davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur bo’lgan pul mablag’larini moliya bozorlaridan qarz olish yo’li bilan mablag’ jalb qilishdagi davlat faoliyatidir. Asosan, davlat qarzlari ikkita vazifani bajaradi: fiskal — davlat g’aznasiga pul mablag’larini jalb qilish va iqtisodiy rivojlantirishni rag’batlantirish.