Qatlam

Qatlam (geologiyada) — Geologik jism, cho’kindi tog’ jinslari yotqizilishining asosiy shakli va ularning ketmaket joylashishi. Qatlamning litologik tarkibi nisbatan bir xil bo’lib, bir-biriga deyarli parallel yuzalar (yuqoridagisi — Qatlam usti va pastdagi- si — Qatlam osti) bilan chegaralanadi. Qatlam qalinligi uzunligiga nisbatan ancha kam. Yuqoridagi Qatlam (normal yotganda) ostki Qatlamga qaraganda yosh bo’ladi. Qatlam metamorfik jinslardan ham iborat bo’lishi mumkin. Magmatik jinslar va rudalar muvofiq shaklda yotganda ularni Qatlam deyish mumkin. Qatlam ko’pincha bir necha qatlardan iborat bo’ladi (masalan, tarkibida o’ziga xos tog’jinsi uchraydigan foydali qazilma, ko’mir Qatlam, neftli Qatlam va gazli Qatlam).