Qaviq

Qaviq — chok turi; qaviladigan buyumlar (to’n, do’ppi, ko’rpa, ko’rpacha va boshqalar)ning ikki tomoniga o’tkazib tikiladi. Asosan, avraastarli (ba’zan ichiga paxta solingan) buyumlarda qo’llanadi. Sidirg’a, gulsiz matolardan tayyorlangan buyumlarda Qaviqning gul, turli shakllar hosil qilib bajarilishi gulli Qaviq deb ataladi, bunday Qaviq buyumga jozibadorlik baxsh etadi.