QAYTA ISHLASH SANOATI

QAYTA ISHLASH SANOATI — sanoat va qishloq xo’jaligi xomashyosini qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi ishlab chiqarish sohalari; qora va rangli metallar, kimyo va neft kimyosi mahsulotlari, mashinalar va uskunalar, yog’ochsozlik va selyuloza-qog’oz sanoati buyumlari, sement va boshqa xil qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, sanoat mahsulotlari va hokazolarni ta’mir qiluvchi korxonalar.