Qazanjiq

Qazanjiq (Gazanjiq) — Turkmanistonning Bolxon viloyatidagi shahar (1939 yildan). Kopetdogning shimoliy g’arbiy etaklarida. Qoraqum kanalining oxirgi punkti. Temir yo’l stantsiyasi. Ashxoboddan 292 kilometr shimoli g’arbda. Aholisi 15 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Temir yo’l transporti korxonalari, qurilish materiallari zavodi, gilam fabrikasi bor. Qazanjiq 1895 yilda temir yo’l qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan.