Qibtiylar, koptlar
Qibtiylar, koptlar — xristian diniga e’tiqod qiluvchi Misr arablarining etnokonfessional guruhi (asosan, monofisiylar, uniylar va protestantlar ham bor). ‘Yuqori Misrdagi shaharlarda, shuningdek, yaqin Sharqning boshqa mamlakatlarida yashaydi. 4 million kishidan ortiq (1990-yillar o’rtalari). Misrning arablargacha bo’lgan qadimiy aholisi avlodlari. Qibtiy tilida (qadimgi Misr tilining so’nggi bosqichi; asosan ibodat tili hisoblanadi) so’zlashadi.