Qirg’iylar, qarchig’aylar
Qirg’iylar, qarchig’aylar — qarchig’aysimonlar oilasiga mansub yirtqich qush. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerikaning o’rmon, Afrikaning shimoliy- g’arbiy qismidagi tog’zonalarida tarqalgan. Tanasining uzunligi 52-70 santimetr, og’irligi 0,55—1,8 kilogramm. Modasi naridan yirik. Qanoti qisqa va keng, dumi uzun. Usti ko’kimtir-kulrang, qorni ko’ndalang yo’lli oq yoki sarg’ish. Uyasini daraxtlarga yasaydi. 3— 4 ta tuxum qo’yib, 35 kuncha bosadi. qirg’ovul, kaklik, o’rdak, qur, quyon, olmaxon va boshqalar bilan oziqlanadi. Ovchilik xo’jaliklariga bir oz zarar yetkazadi.