Qirg’oqni mustahkamlovchi ko’chatlar
Qirg’oqni mustahkamlovchi ko’chatlar – qirg’oq nurashi va yemirilishi jarayonlarining oldini olish yoki to’xtatish maqsadida, suv havzalari qirg’og’i bo’yicha yangi yoki saqlab qolinadigan daraxtzor, butazor yoki o’tsimon o’simliklar tasmasi. Tuproqni mustahkamlaydi, daryo va suv havzalariga yer va o’g’itlar yuvilib tushishini to’xtatib qoladi, suv havzasiga tutash hududlar va suv ob’yektlarini sanitar-sog’lomlashtirish va hordiq chiqarish maqsadida sifatini oshiradi.