Qirqquloqdoshlar

Qirqquloqdoshlar — qirqquloqnamolar yoki tsiateyanamolar qabilasiga mansub oila. 50 ga yaqin turkumi, 1500 ga yaqin turi ma’lum. Qirqquloqdoshlar Yer yuzida keng tarqalgan. Oila vakillarining ildiz-poyalari yo’g’on, ayrimlarining poyalari shoxlangan va tashqi tomonidan qo’ng’ir rangli tangachalar bilan qoplangan. Barglari murakkab patsimon. Oval yoki dumaloq shakldagi soruslari barglarining ostki tomonida joylashgan. Yumshoq, seret va shirin ildizpoyasida glyukozid, olma kislotasi va saponinlar bo’ladi. Bargi va ildizpoyasining qaynatmasi tibbiyotda ishlatiladi. Oilaning ba’zi turlari barglari uchun manzarali o’simlik sifatida gultuvaklarda o’stiriladi.