Qiyom
Qiyom — shakarni suvda qaynatib tayyorlangan quyuq sharbat. Qiyomga sabzavot, meva, rezavor mevalar va boshqalar (sabzi, yantoq guli, ravoch, olcha, tog’olcha, limon va boshqalar) solib qaynatib murabbo tayyorlanadi (ayrim murabbo turlarini tayyorlashda shakar sepib qo’yilgan mevadan ajralgan sharbatdan avval Qiyom qaynatiladi va so’ngra unga mevalar solib, qaynatish davom ettiriladi). Chak-chak uchun asal yoki shakardan maxsus Qiyom tayyorlanadi.