Qiyoq

Qiyoq (qadimgi turkiycha — qiya, egri), qil qiyoq — Ko’bizga yaqin qirg’iz torli- kamonli musiqa cholg’usi. Cho’michsimon kosaxonasi, sal egilgan dastasi, ot qilidan chiyra tilmasdan tortilgan 2 tori mavjud. Kosaxonaning pastki qismi teri bilan qoplanadi. Umumiy uzunligi 60-70 santimetr. Qiyoqda xalq qo’shiqlari va doston kuylariga asoslangan asarlar hamda dasturli kuylar ijro etiladi. U, shuningdek, qirg’iz oqin dostonchilariga jo’rnavoz soz vazifasini ham bajaradi.