Qizil
Qizil (1918 yilgacha — Belosarsk, 1926 yilgacha — Xembelder) — Rossiy Federatsiyasidagi shahar, Tiva Respublikasi poytaxti (1991 yildan). Tuva soyligining Sharqiy qismida, katta Yenisey va kichik Yenisey daryolarining quyilish joyida. USA traktining oxirgi punkti. Aholisi 104,1 ming kishi (2002). Qizil 1914 yilda vujudga kelgan. 1921-44 yillarda Tuva Xalq Respublikasi poytaxti. 1944 yilda Tuva (Tiva) Xalq Respublikasi bilan birga SSSR tarkibiga kirgan. 1944 yilgacha shaharda faqat mayda sanoat korxonalari bor edi. Qurilish detallari, tikuvchilik ktlari; avtomobil maxsus jihozlari, ko’n, g’isht, taxta tilish, pivo va sut zavodlari, mebel fabrikasi ishlab turibdi. Qizil yonida toshko’mir qazib olinadi. Til, adabiyot va tarix ilmiy tekshirish instituti, pedagogika instituti, musiqali drama teatri, o’lkashunoslik muzeyi mavjud. Qizilda Osiyoning geografik markazi joylashgan bo’lib, bu nuqtaga Obelisk o’rnatilgan.