Qizil daraxt

Qizil daraxt — tropik mamlakatlarda o’sadigan, yog’ochi qizil va jigarrang tovlanadigan daraxtlar turi. Janubiy Amerika va Afrikada o’sadigan maxagoniya. Osiyoning sharqi janubidagi gunafsha hidli sappon daraxti yog’ochi jahon bozorida qadrlanadi. Yog’ochi juda pishiq, og’ir, yaxshi silliqlanadi. Qizil daraxt yog’ochi qadimdan yuqori sifatli qimmatbaho mebellar, musiqa asboblari tayyorlashda va xonalarning ichki devorlarini qoplashda qo’llanilgan. Tiss, qandag’och, sekvoyaning yog’ochi qizilligidan, ba’zan ular ham Qizil daraxt deb ataladi. Lekin ularda chin qizil yog’ochlik xususiyati yo’q.