Qizil g’or

Qizil g’or — tog’li Qrimdagi g’orlar sistemasi. Simferopol shahridan 23 kilometr Janubi g’arbda. Dunyodagi ohaktoshli yirik karst g’orlaridan biri. Qizil g’ordagi o’rganib chiqilgan yo’laklar va zallarning umumiy uzunligi 13,1 kilometr. G’orlar sistemasi 6 qavatdan iborat. Pastki qavatida sifonli yer osti (qizil g’or) daryosi, yer osti ko’llar bor. Qizil g’orning Galereya va zallari ohaktosh hosilalar bilan bezalgan.