Qizil tuproqlar
Qizil tuproqlar — sernam subtropik va tropik mamlakatlarda aksari temirga boy ona jinslar ustida hosil bo`ladigan tuproqlar. Xitoyning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida, Vyetnam, Yaponiyada, AQSh, Braziliya, Urugvayda, Afrikada, Fransiyaning janubida, Italiya, Ispaniya, Qora dengizning sharqiy sohilida (Gruziya) va Kaspiy dengizining janubi-g`arbiy sohili (Ozarbayjon)da uchraydi. Ustki qatlamida 10% gacha chirindisi bo`ladi. Qizil tuproqlarda choy, tamaki, tok, sitrus ekinlar va boshqalar ekiladi.