Qiziloyoq

Qiziloyoq — balchiqchilar kenja turkumiga mansub qush. Yevropa va Osiyoda tarqalgan. G’arbiy Yevropa, Janubiy Osiyo va Afrikada qishlaydi. Tanasi 30 santimetrcha, og’irligi 120 grammcha. Usti qung’ir, qora xolli, dumining tagi va qorni oq, oyog’i qizg’ish. Botqoqlikdagi o’tlar orasiga uya quradi. 4 ta tuxum qo’yadi. Tuxumini 22-24 kun ikkala jins navbatlashib bosadi. Hasharotlar, qisqichbaqalar, chuvalchanglar, mollyuskalar, ba’zan urug’va mevalar bilan oziqlanadi.