Qizilsuv

Qizilsuv — Qirg’iziston va Tojikiston respublikalaridagi daryo. Uzunligi 235 kilometr, havzasining maydoni 8380 km2. Qirg’izistonning orqa olay tizmasidan boshlanib, olay vodiysi bo’ylab oqadi. Aylama daryosi quyilgungacha Qorasuv deb ataladi. Tojikistonda Muksuv bilan qo’shilib Vaxsh daryosining o’ng irmog’i — Surxobni hosil qiladi. Quyilish joyidan 86 kilometrda o’rtacha suv sarfi 40,6 m3/sek.