Qizilsuv g’ori
Qizilsuv g’ori — Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani hududidagi g’or. Toshqo’rg’on qishlog’idan 6 kilometr shimoli sharqda, Qizildaryo vodiysida, 2160 metr balandlikda. Yuqori yura davriga mansub gips qatlamlarida hosil bo’lgan. G’orning kirish qismi G’arb tomonida (eni 6 metr, balandligi 2 metrdan ziyodroq). G’orning tuzilishi yo’lak shaklida, eni 2 metrdan 7 metrgacha, balandligi ba’zi joylarida 0,4—0,8 metr, ayrim joylarida 3-6 metrga yetadi. Sahnida shipdan qulab tushgan tosh parchalari uyumlari bor. G’or sahni ichkariga tomon ko’tarilab boradi. Shipi va devorlaridan suv tomib turadi. Havo temperaturasi kirish qismida 18°, ichkarisida 8°, nisbiy namligi 99% (iyul oyida). G’orning umumiy uzunligi 110 metr, sahni 230 m2, hajmi 700 m3 ga yaqin.