Qizilishton soatlab daraxtni o’ysa ham negadir aqldan ozmaydi? Axir zarba berayotganda tumshug’ining harakat tezligi 1000 kilometr-soatni tashkil etadi! Kattaligi jihatdan pishgan olchadek keladigan, jimitday qizilishtonning miyasi to’xtovsiz urilaverishga qanday bardosh berishi mumkin? Axir har bir zarbasining davomiyligi bor-yo’g’i sekundning mingdan biriga teng, har zarba berganda esa 1000 g kuch o’ziga qaytadi. Eslatib o’tamiz, yerning tortilish kuchini engish uchun 1 g yetarli. Fazogirlar fazoviy kemaga uchish ruxsat etilgan payti 4 g kuchni yengib o’tadilar. Ma’lum bo’lishicha, qizilishtonga bo’yin mushaklari yordam berar ekan. Ular ajoyib bir tarzda markazga yig’ilganki, qizilishton zarba berayotganda boshi va tumshug’i mutlaq to’g’ri chiziqda harakat qiladi. Bordiyu zarba sal qiyshiqroq ketsa, qizilishtonning miyasi ko’pga bormay ishdan chiqadi. Lekin bu hol yuz bermaydi. Ma’lum bo’lishicha, boshining qimirlaydigan va aylanadigan harakatlari yo’qligi qizilishtonning miyasiga ishonchli himoya bo’la olar ekan.
Baliqchilik nimani anglatishini bilasizmi
Baliqchi nimani anglatishini bilasizmi
Baliq uni nimani anglatishini bilasizmi
Baliqko’z nimani anglatishini bilasizmi
Baliq nimani anglatishini bilasizmi
Balans nimani anglatishini bilasizmi
Bakterioz nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriolog nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriya nimani anglatishini bilasizmi

