Qiziqish
Qiziqish — shaxsning o’zi uchun qimmatli va yoqimli bo’lgan muayyan narsa va hodisaga munosabati. Bunda insonning o’ziga xos xususiyati bevosita mujassamlashadi. Qiziqish bilimlarni ongli, puxta, barqaror, anglagan holda o’zlashtirishda, ko’nikma va malakalarni shakllantirishda qo’l keladi, shaxs qobiliyati, zehni, o’quvchanligini rivojlantirishga, olamni mukammalroq tushunishiga yordam beradi. Qiziqish insonda intilish, faollik, ichki turtki, ehtiyojni ro’yobga chiqarish manbai vazifasini bajaradi. Qiziqish shaxsning borliqqa tanlab munosabatda bo’lishida, o’ziga xos qaror qabul qilishida, o’zini o’zi nazorat eta bilishida, maqsadga intiluvchanligida, yuzaga kelgan to’siqlarni yengishida ifodalanadi. Qiziqishlar shaxsiy va ijtimoiy, bevosita va bilvosita, keng va tor, beqaror va barqaror bo’ladi. Qiziqish sinchkovlik, qiziquvchanlik, bilishni o’z ichiga oladi. Odamlarni shaxsiy Qiziqishini idora qilishga o’rgatish, bu io’nalishda mashqlantirish, treninglar, testlardan foydalanish intiluvchan, toliqmas xislatlarni shakllantirishga yordam beradi.