Qobiq (ust yopmaga oid)

Qobiq (ust yopmaga oid) – 1) ikki egri yuza bilan cheklangan, o’rtadagi masofa (qobiq qalinligi) boshqa o’lchamlarga nisbatan kichik bo’lgan fazoviy qurilma; 2) keng oraliqli tom yopmaning yupqa devorli qurilmasi. Beton, temir-beton, sintetik pard ava boshqa ashyolardan tayyorlanadi, doirasimon, tsilindrsimon va boshqa qobiqlarga ajratiladi. Masalan: o’zakli qobiq, beton qobiq, qoziq qobig’i, qubbali qobiq, qat-qat qobiq, tsilindrsimon qobiq, chodirsimon qobiq va hokazolar.